O‘zA O`zbek

30.07.2019 15:53 Chop etish versiyasi

Ukraina AQSHdan katta miqdordagi qurol-aslaha sotib olishi mumkin

Ukraina AQSHdan katta miqdordagi qurol-aslaha sotib olishi mumkin

Ukraina shu yilning oʻzida AQSHdan katta miqdordagi qurol-aslaha sotib olishi mumkin. 

Bu haqda Ukrainaning AQSHdagi elchisi Valeriy Chaliy maʼlumot bergan. Unga koʻra, mamlakatdagi siyosiy vaziyat qanday boʻlishidan qatʼiy nazar Ukraina va AQSH hamkorligi davom etadi. Keyingi toʻrt yil davomida Ukraina harbiy-texnik yordamning 92 foizini AQSHdan olgan. Yaqinda AQSH davlat departamentining Ukraina boʻyicha maxsus vakili Kurt Volker Vashington Ukraina armiyasining yangi qurolga ehtiyojini oʻrganayotganini aytgandi.

OʻzA
541