O‘zA O`zbek

12.10.2018 11:50 Chop etish versiyasi

Ugandada yer koʻchkisi, oʻnlab qurbonlar bor

Ugandada yer koʻchkisi, oʻnlab qurbonlar bor

“Kampala Dispatchso“ nashrining xabar berishicha, Uganda sharqida sodir boʻlgan yer koʻchkisi 25 kishini hayotdan olib ketgan. Falokatga mamlakatda kecha ertalab kuzatilgan kuchli yogʻingarchilik sabab qilib koʻrsatilmoqda.

RIA Novostining aniqlik kiritishicha, Uganda Prezidenti Yoveri Museveni yer koʻchkisi sodir boʻlganini Tvitterda tasdiqlagan, ammo qurbonlar soni hozircha maʼlum emasligini bildirgan. Uning soʻzlariga koʻra, hukumat jabr koʻrgan hududlarga qutqaruv guruhlarini joʻnatgan.

Tasdiqlanmagan maʼlumotlarga koʻra, yer koʻchkisida 400 kishi bedarak yoʻqolgan. Ular ichida 200 nafar maktab oʻquvchisi ham boʻlishi mumkin.

Malohat Husanova, OʻzA
966