O‘zA O`zbek

14.03.2018 14:43:11 Chop etish versiyasi

Turkmanistonda parlament saylovlari boshlandi

Joriy yilning 25- martga belgilangan Turkmaniston milliy parlamenti – Mejlisga saylovlar «xalqaro standartlarga mos ravishda bo‘lib o‘tadi», deya xabar berdi Turkmaniston davlat matbuoti.

Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, 6-chaqiriqdagi Mejlisga da’vogarlik qiluvchi kamida 30 nafar nomzod amaldagi milliy parlamentning deputatlari hisoblanadi.
25-martda kutilayotgan Turkmanistondagi parlament saylovlarida 125 ta o‘rin uchun 284 kishi kurash olib bormoqda.