O‘zA O`zbek

07.10.2019 Chop etish versiyasi

Turkmanistonda Konstitutsiyaga o‘zgartish kiritish bo‘yicha komissiya ishga kirishdi.

Turkmanistonda Konstitutsiyaga o‘zgartish kiritish bo‘yicha komissiya ishga kirishdi.

Turkmaniston Davlat informatsion agentligi (TDX)ning xabar qilishicha, Konstitutsiyaviy komissiyaning birinchi majlisi Vazirlar Mahkamasining 4 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisidan keyin o‘tkazildi. Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning bayonot berishicha, jahonda o‘zgarayotgan iqtisodiy va siyosiy vaziyat konstitutsion o‘zgarishlarni taqozo qilmoqda.

Yangi organ majlisida Konstitutsiyaga o‘zgartish kiritish bo‘yicha komissiya rahbarining o‘rinbosari tayinlandi. Bu lavozimni Milliy parlament - Mejlis spikeri Gulshat Mamedova egalladi. Konstitutsiyaga o‘zgartish kiritish bo‘yicha komissiya rahbari mamlakat prezidenti hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi bor TurkmanistonKonstitutsiyasiga 2016 yil sentabrida o‘zgartish kiritilgandi. O‘shanda mamlakat bosh qonunidan prezidentlikka nomzodlarning 70 yoshdan katta bo‘lmasliklari borasidagi cheklovlar olib tashlangan edi.

Ta’kidlab o‘tish kerakki, mamlakat Konstitutsiyasining amaldagi tahririda mamlakat prezidentligiga nomzodini ko‘rsatuvchilarning yuqori yoshi qayd qilinmagan. Konstitutsiyaning 69 moddasiga binoan nomzod 40 yoshdan kichik bo‘lmasligi kerak.

Bu gal prezident tomonidan konstitutsion islohotlar Xalq Maslahati va Mejlisning birlashishi yo‘li bilan ikki palatali parlament tizimiga o‘tish jarayonida o‘tkazilmoqda.Konstitutsiyaning yangi tahriri 2020 yilda bo‘lib o‘tadigan Xalq Maslahatining majlisigacha tayyor bo‘lishi kerakligi borasida qaror qabul qilindi, dedi Turkmaniston rahbari.

366
O‘zA