Turkmaniston xotin-qizlariga Prezident sovg‘asi sifatida 17 dollardan tarqatilmoqda
Turkmanistonda xotin-qizlarga pul mukofoti berilmoqda, bu yil 17 dollardan beriladi.
Turkmanistonda xotin-qizlarga pul mukofoti berilmoqda, bu yil 17 dollardan beriladi. Poytaxt va viloyat ma’muriyatlarining rahbarlari pul mukofotlarini topshirish borasidagi Prezident topshirig‘ini 4 mart kuni olishdi.
Prezident sovg‘asini topshirish marosimi Turkmaniston davlat televideniesi orqali namoyish qilinadi. 2011 yildan boshlab Prezident sovg‘asi 8 mart arafasida korxonalarda ishlovchi, o‘quv yurtlarida tahsil oluvchi, shuningdek, maktabgacha tarbiya muassasalariga qatnovchi xotin-qizlarga topshiriladi.
Bundan tashqari, pensiya va davlat nafaqalarini oluvchi ayollar ham Prezident nomidan bir martalik pul mukofotini olishadi.
O‘tgan yillarda pul mukofotining qiymati 40 manat (davlat kursi bo‘yicha 11 AQSh dollari)ni tashkil qilgan edi.
Pullarni berish protsedurasi Prezidentning 2011 yil 25 fevraldagi maxsus farmoyishiga binoan muvofiqlashtiriladi. Unga ko‘ra, 16 yoshga to‘lmagan qizlarga sovg‘alar ota-onalari va qonuniy vasiylariga beriladi.