O‘zA O`zbek

21.05.2020 Chop etish versiyasi

Turkmanistonda jazoni oʻtayotgan oʻzbekistonliklar amnistiyaga chiqartirildi

Turkmanistonda jazoni oʻtayotgan oʻzbekistonliklar amnistiyaga chiqartirildi

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmatining xabariga koʻra, Turkmaniston Respublikasida eʼlon qilingan amnistiya aktiga asosan, qoʻshni davlatning jazoni ijro etish muassasalarida jazo oʻtayotgan 61 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ozodlikka chiqarildi.

Ozodlikka chiqqan fuqarolarimiz Olot Bojxona posti orqali yurtimizga qaytarildi. Ularning 59 nafari erkak va 2 nafari ayollardir. 1 nafardan Toshkent shahri va Navoiy viloyatidan, 2 nafari Buxoro, 3 nafari Toshkent, 5 nafari Qashqadaryo, 25 nafari Xorazm viloyati va 24 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida istiqomat qiluvchi fuqarolardir.

Ozodlikka chiqqan fuqarolarimiz karantin tartib-qoidalariga toʻliq rioya etilgan holda Buxoro viloyati Olot tumanidagi Bojxona chegara posti orqali Respublika hududiga kiritildi. Shuningdek, ozod etilgan fuqarolar Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan 14 kunlik maxsus karantin saqlash joyiga joylashtirildi.

Ular orasida Oʻzbekiston Respublikasi hududida qidiruvda boʻlgan 5 nafar shaxsning 3 nafari Xorazm viloyati va 2 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida yashovchilar. 2 nafar shaxslar maxsus konvoy avtomashinasi orqali yashash joyi – Qoraqalpogʻiston Respublikasiga joʻnatildi.

1 369
Zarif KOMILOV, OʻzA