O‘zA O`zbek

14.04.2020 Chop etish versiyasi

Turkiyada pandemiya sababli 90 mingga yaqin mahbuslar vaqtinchalik ozod etiladi

Turkiyada pandemiya sababli 90 mingga yaqin mahbuslar vaqtinchalik ozod etiladi

Turkiya parlamenti koronavirus pandemiyasi tufayli 90 mingga yaqin mahbusni vaqtinchalik ozod etish boʻyicha qaror qabul qildi. Kuni kecha mamlakat parlementida boʻlib oʻtgan ovoz berish natijalari shundan guvohlik bermoqda.

Hukumat tepasida turgan partiya hamda yana bir necha partiyaning ilgari surgan ushbu qonunchilik aktiga binoan, ogʻir jinoyat qilmagan maxbuslar vaqtinchalik ozod etiladi. Ular 31-maygacha ozodlikda boʻladi va iyun oyidan boshlab jazoni oʻtashda davom etadi.

Qarorga koʻra, agar pandemiya 31-maygacha ham pasaymasa, mahbuslarning ozodlikda boʻlish muddati yana uzaytirilishi mumkin.

1 413
OʻzA