O‘zA O`zbek

22.06.2020 Chop etish versiyasi

Turkiyada bugundan boshlab niqob taqmaganlarga yirik miqdorda jarima solinadi

Turkiyada bugundan boshlab niqob taqmaganlarga yirik miqdorda jarima solinadi

Bugun, 22-iyundan boshlab Turkiya hukumati mamlakatda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash doirasida “majburiy niqob taqish amaliyoti”ga rioya qilmaganlik uchun jarima solishni joriy qiladi. 

Anadolu Ajansi xabarida taʼkidlanishicha, shu paytgacha mamlakatning 48 viloyatida niqob taqish tavsiya sifatida belgilangan boʻlib, bugundan boshlab mazkur amaliyot mamlakat boʻylab majburiyat tusiga kirdi va qoidabuzarlar 900 lira, yaʼni 130 dollardan koʻproq miqdordagi jarimaga tortiladi.

2 223
OʻzA