O‘zA O`zbek

24.08.2018 17:40 Chop etish versiyasi

Turkiya yoshlarining 60 foizi smartfonlardan foydalanmoqda

Turkiya yoshlarining 60 foizi smartfonlardan foydalanmoqda

Zamon va texnika shiddat bilan rivojlanayotgan bir davrda ishonchli axborot agentliklaridan biri Turkiya yoshlarining texnika vositalaridan foydalanish foizlarini hisoblab chiqdi.

Nemis tadqiqot kompaniyasi GFK va Digital Talks axborot tarmoqlari tomonidan qilingan qoʻshma soʻrovnomaning quyidagi natijalarini sizga taqdim etamiz.

15 yoshgacha boʻlgan bolalarning 42 foizi planshetdan, 44 foizi kompyuterdan, 59 foizi smartfondan foydalanar ekan. Turkiyalik bolalarning aksariyatini ijtimoiy tarmoqlarda oʻz sahifasi bor. Shulardan 85 foizi facebookdan roʻyxatdan oʻtgan, youtubedan 36 foizi foydalanadi. 68 foiz turkiyalik bolalar instagramda faol.

78 foiz ota-onalar farzandlarini ijtimoiy tarmoqlarda kerakli videolarni tomosha qilib, vaqtlarini unumli oʻtkazmoqda, deb bilishadi. Ularning 71 foizi farzandlarini oʻz sahifalari orqali kuzatib boradi va ijtimoiy tarmoqdagi faoliyatlarini nazorat qilib turadi. Shu bilan birgalikda 42 foiz ota-ona farzandining ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini ijobiy baholaydi, texnika vositalaridan esa belgilangan maktab topshiriqlarini bajarmoqda, deb hisoblaydi. 85 foiz ota-onalar farzandlarini internet va texnika vositalaridan unumli foydalanayotganiga ishonadi.

Dilobar Mamatova, OʻzA
2 187