O‘zA O`zbek

04.07.2020 Chop etish versiyasi

Turkiya: Xajogji ishi boʻyicha 20 kishi sudlanadi

Turkiya: Xajogji ishi boʻyicha 20 kishi sudlanadi

Turkiyada kecha saudiyalik jurnalist Jamol Xajogjining oʻldirilishi bilan bogʻliq ishda aybdor, deb topilganlar ustidan sud jarayoni boshlandi. Mart oyi boshlaridayoq Anqara 20 nafar fuqaroga nisbatan ayblov eʼlon qilgan: ikki kishi qotillikka koʻmaklashuvchi, 18 odam esa bevosita ishtirokchi deyilmoqda. Jinoyatchilarning bari sirtdan sudlanadi.

Xajogji —“Vashington post” kolumnisti Saudiya Arabistonining Stambuldagi bosh konsulligida 2018-yilning oktyabrida oʻldirilgan, deb yozadi “Euronews”.

Ar-Riyodning fikricha asosiy maqsad jurnalistni oʻz vataniga olib chiqib ketish boʻlgan, uning qurbon qilinishi esa ayrim kuch ishlatar tizim vakillarining noqonuniy harakati oqibatidir. Oʻtgan yil dekabrda Saudiya Arabistoni mazkur ish yuzasidan olib borilgan mustaqil tergovni yakunladi: 5 kishini oʻlimga, yana uch nafar jinoyatchini 24 yillik qamoq jazosiga hukm qildi.

Turkiya hukumati esa oʻldirish toʻgʻrisida buyruq boʻlgani, faqat bu koʻrsatma tanqidiy maqolalari uchun jurnalistdan oʻch olish maqsadida Saudiya qirolligi oilasi tomonidan berilganini taʼkidlamoqda.

2 008
OʻzA