O‘zA O`zbek

03.10.2018 Chop etish versiyasi

Turkiya va Niderlandiya darz ketgan munosabatlarni tiklamoqda

Turkiya va Niderlandiya darz ketgan munosabatlarni tiklamoqda

Turkiya tashqi ishlar vazirligining tarqatgan xabariga koʻra, joriy yilning 3-4 oktyabr kunlari Niderlandiya tashqi ishlar vaziri Stef Blokning Turkiyaga uyushtiridigan tashrif doirasida ikki davlat oʻrtasida mintaqaviy masalalar koʻrib chiqilishi kutilmoqda, deb xabar bergan Trend az axborot agentligi sayt sahifalarida.

Xabarda qayd etilishicha, uchrashuv doirasida mintaqaviy muammolar bilan bir qatorda, ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlik munosabatlarini yaxshilash masalasi yuzasidan muzokaralar oʻtkaziladi.

Shuningdek, uchrashuv doirasida Niderlandiya deligatsiyasining Turkiya parlamentiga tashrifi kutilmoqda.

Joriy yilning iyul oyida ikki davlat oʻratasida aloqalarning tiklash yuzasidan kelishuvga kelganligi maʼlum qilingan edi.

Kelishuvlar doirasida ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlari davlatlar oʻrtasidagi elchilar tashrifini aniqlashtirdilar. Shuningdek, 2018 yilning ikki yarmida Niderlandiya tashqi ishlar vazirining Turkiyaga tashrifi maʼlum qilindi.

Eslatib oʻtamiz, 2017 yilning mart oyida Turkiya tashqi ishlar vaziri Malud Chovush oʻgʻlining Niderlandiyaga tashrifining Niderlandiya rasmiylari tomonidan bekor qilinganligi bilan ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar yomonlashgan edi.

Bunga javoban 2017 yilning mart oyida Turkiya tashqi ishlar vaziri Niderlandiya elchisini oʻz yurtiga qaytishiga buyruq bergan edi. 2018 yilning mart oyida Niderlandiya rasmiy ravishda oʻz elchisini Turkiya hududidan chiqarib olgan edi.

1 382
Z.Mirzaboyeva, OʻzA.