Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

18.12.2017 18:25 Chop etish versiyasi

Turkiya turizm sanoatida bandlik darajasi 50 foizga oshadi

Turkiya Mehnat va ijtimoiy ta’minot vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning sayyohlik sohasidagi bandlik darajasi yaqin besh yilda 50 foizga oshiriladi.

Ayni paytda Turkiyaning turizm sohasida ish yurituvchi 250 rahbar xodimlari malaka oshirishi, sohaga oid 300 ming xodim esa kasbga yo‘naltirilgan tayyorlov kurslariga jalb qilinishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot o‘rnida shuni aytish joizki, hozirda Turkiya turizm sanoatida bir milliondan ortiq mutaxassis mehnat qilmoqda. Hukumatning sohaga oid dasturiga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 2023-yilga borib ikki martaga ko‘payadi. Mamlakat sayyohlik kompaniya va firmalari, mehmonxonalari xodimlari malakasini oshirishda Yevropa normalariga asoslanadi.


5 064