Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

12.04.2018 16:00 Chop etish versiyasi

Turkiya Rossiyaning vizasiz rejimga qaytishini kutmoqda

Turkiya Rossiyaning vizasiz rejimga qaytishini kutmoqda RIA Novostining yozishicha, bugun Anqarada bo‘lib o‘tgan brifingda Turkiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Xami Oqsoy Anqara Moskvadan vizasiz rejimni qayta joriy qilishni kutayotganini ma’lum qilgan.

“Rossiya bilan munosabatlarimiz jadal rivojlanmoqda, biz yuqori darajadagi Hamkorlik kengashining yetti uchrashuvini o‘tkazdik. Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Anqaraga tashrifi (3-4 aprel kunlarida) ham muhim ahamiyat kasb etdi. Yil davomida tovar aylanmasining 32 foizga o‘sishini ta’minladik. O‘tgan yilda Turkiya Rossiyadan 5 millionga yaqin sayyoh qabul qilgan”, degan Xami Oqsoy brifingda.

RFning Turkiyadagi elchisi Aleksey Yerxov RIA Novostiga bergan intervyusida Rossiya tomoni eng avvalo yuk tashuvchi haydovchilar va yirik biznes vakillarining kelib-ketish tartibini erkinlashtirish borasida muhokamaga tayyorligini bildirgan. Shuningdek, elchi istiqbolda sharoit tug‘ilishi bilan vizasiz rejim borasida ham muzokaralar bo‘lishiga ishora qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning noyabr oyida Turkiya harbiy havo kuchlari Suriyada Rossiyaga tegishli Su-24 bombardimonchi samolyotni urib tushirgani fonida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar sovuqlashgan edi. Shundan so‘ng vizasiz rejim ham bekor qilingan.

Malohat Husanova, O‘zA
2 626