O‘zA O`zbek

12.09.2019 Chop etish versiyasi

Turkiya noyob turdagi raketani sinovdan o‘tkazishga hozirlik ko‘rmoqda

Turkiya noyob turdagi raketani sinovdan o‘tkazishga hozirlik ko‘rmoqda

Turkiyaning “Roketsan” kompaniyasi shu yilning noyabrida kemalarga qarshi “Atmaca” raketasini ilk sinovdan o‘tkazishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Naval News” Londonda bo‘lib o‘tgan harbiy ko‘rgazma vakilining ma’lumotiga asosan xabar beradi.

Ishlab chiqaruvchi kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, raketaning asosiy buyurtmachisi Turkiya harbiy dengiz floti bo‘lib, hozirda bu borada xorij buyurtmalari yo‘q.

Raketa 220 kilometrdagi suv osti va suv usti nishonlarini ishg‘ol qilishi ta’kidlanmoqda.

818
O‘zA