O‘zA O`zbek

04.11.2019 Chop etish versiyasi

Turkiya NATOni tark etadimi?

Turkiya NATOni tark etadimi?

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg so‘nggi paytlarda tez-tez tilga olinayotgan Turkiyaning alyansdan chiqishi bo‘yicha gaplarga izoh berdi.

Unga ko‘ra, “Yevroittifoqdan farqli o‘laroq NATOda mamlakatlarni a’zolikdan chiqarish yoki chetlatish tizimi yo‘q“, deyiladi “Izvestiya” xabarida.

“Turkiya Suriyadagi terrorchilarni yo‘q qilish ishlariga katta hissa qo‘shdi. Qolaversa, hech qaysi a’zo davlat Turkiya kabi 3 million 600 nafar qochoqni qabul qilmaydi va NATOning hech qaysi a’zosi terrorchilar hujumidan Turkiyachalik aziyat chekmagan”, dedi Stoltenberg.

532
O‘zA