O‘zA O`zbek

05.09.2018 16:35 Chop etish versiyasi

Turkiya jamgʻarmasi Qirgʻizistonda taʼlim muasasasini ochishi mumkin

Turkiya jamgʻarmasi Qirgʻizistonda taʼlim muasasasini ochishi mumkin Qirgʻiziston taʼlim va fan vazirligi Turkiyaning “Maarif” jamgʻarmasi bilan imzolagan oʻzaro anglashuv Memorandumiga koʻra Qirgʻizistonda jamgʻarmaning taʼlim muasasasini ochish koʻzda tutiladi.

Taʼkidlanishicha, “Maarif” jamgʻarmasining maktabi Qirgʻizistonning “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan faoliyat yuritadi. Qonunga koʻra, mamlakat hududida yagona davlat taʼlim standartlari amal qiladi. Qirgʻizistonda Turkiyaga tegishli bir qator taʼlim, madaniy va xayriya tashkilotlari faoliyat yuritadi. Shundan eng yirigi – “Sebat” xalqaro taʼlim muassasalar tarmogʻi 2017 yilda mahalliy tashkilot sifatida qayta roʻyxatdan oʻtdi va yangi – “Sapat” nomini oldi. Anqara Bishkekdan “Sapat” (sobiq “Sebat”) tarmogʻini yopishni va uning barcha mol-mulkini Turkiyaning “Maarif” jamgʻarmasiga topshirishni talab qilgan edi.

Turkiya rasmiylari “Sebat”ning Shimoliy Afrika mamlakatlaridagi maktablarini yopishga, uning oʻrniga “Maarif” jamgʻarmasining maktablarini ochishga muvaffaq boʻldi. Bu kabi natijalarga Anqara Ozarboyjon va Turkmanistonda ham erishdi.

Qozogʻistonda esa maktablar tarmogʻining nomi oʻzgartirildi, shu bilan birga, ularning faoliyati davom etirildi.

Sharofiddin Toʻlaganov, OʻzA
2 236