MAXSUS INTЕRVYU. ​ Oʻzbekistonliklar Turkiyaga sayohat qilishni yoqtirganlaridek, turkiyaliklar ham Oʻzbekistonga borishga juda qiziqadilar.​

“Oʻzbekistonliklar Turkiyaga sayohat qilishni yoqtirganlaridek, turkiyaliklar ham Oʻzbekistonga borishga juda qiziqadilar. Nafaqat Turkiya, soʻnggi yillarda Oʻzbekistonga Yevropadan kelayotgan sayyohlar oqimi koʻpaygan”, deydi “Turk havo yoʻllari” aviakompaniyasi vitse-prezidenti Tunjay Eminogʻlu. “Turk havo yoʻllari” aviakompaniyasi oʻzbekistonlik jurnalistlar uchun maxsus Istanbul shahri va kompaniyaning uchuvchilar tayyorlash markaziga, oshxona va xizmat koʻrsatish boʻlimlariga media-tur tashkil etdi. Media-turning eng qiziq qismi – kompaniya vitse-prezidenti Tunjay Eminogʻluning intervyusi boʻldi.

1.jpg

“BIZ RAQOBATCHILAR EMAS, HAMKORLARMIZ”​
– Turk havo yoʻllari Buxoro shahriga ham aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyadimi?
Tunjay Eminogʻlu: – Oʻzbekiston bizning kompaniya uchun juda daromadli va muhim bozor hisoblanadi. Qolaversa, ikki davlat orasida vizasiz kirishga ruxsat etilgach, qatnovlar koʻpaydi. Bu biz uchun katta qulaylik boʻldi. Oʻtgan yili Istanbul-Toshkent reyslari kuniga bir marta amalga oshirilardi. Oʻzbekiston havo yoʻllarida va bizda kuniga 1 marotabalik reys boʻlgan. Bugungi kunda haftasiga 10 marotaba ikki davlat oʻrtasida aviaqatnovlar amalga oshmoqda. Bundan tashqari, mart oyidan Samarqand-Istanbul reyslari ham ochildi. Samarqandda hozirda haftada ikki marotaba bizning va Oʻzbekiston havo yoʻllarining qatnovlari yoʻlga qoʻyilgan. Kelasi yil aprel oyidan aviaqatnovlarimiz kuniga ikki marotaba boʻladi, Samarqand reyslari esa haftasiga 3 marta boʻlishi kutilmoqda. Balki, kelajakda Buxoroga ham aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyilar. Biz bundan manfaatdormiz, albatta. Bizning Oʻzbekistondagi hamkorlarimiz ham buni maʼqullasa birgalikda Buxoroda ham qatnovlarni ochishimiz mumkin. Lekin, bu joriy yilda rejalashtirilmagan. Qaysidir yangi shaharga qatnovlarni yoʻlga qoʻyish bizning hamkorlarimiz “Oʻzbekiston havo yoʻllari” hamkorligida amalga oshadi. Biz Oʻzbekistonning milliy aviakompaniyasi bilan raqobatchilar emas, hamkorlarmiz.

QATNOVLAR QANCHALIK KOʻP BOʻLSA​...
– “Turk havo yoʻllari” aviachiptalari Yevropa qatnovlarida arzonroq. Oʻzbekiston uchun ham narxlarni arzonlashtirish mumkinmi?
Tunjay Eminogʻlu: – Yevropa davlatlarida “TXY” aviabiletlari arzonroq boʻlishi mumkin. Bu koʻp omillarga bogʻliq. Shuningdek, qatnovlar qanchalik koʻp boʻlsa narxlar ham shuncha arzonlashadi. Aprel oyidan Toshkent-Istanbul qatnovlari koʻpayadi. Biz aprel oyidan narxlarga oʻzgartirish kiritishimiz mumkin. Balki ularni arzonlashtirish imkoni boʻlar. Hozirda Oʻzbekistonga yevropaliklar, xususan Ispaniya aholisi juda qiziqmoqda. Qatnovlar koʻpayib, narxlarning tushishi har tomonlama foydali yechim boʻladi.

"TAKLIF BOʻLSA, HOMIYLIK ISHLARI YOʻLGA QOʻYILADI​"
– “Turk havo yoʻllari” yirik sport oʻyinlariga homiylik qiladi? Oʻzbekistonda ham ijtimoiy loyiha va sport oʻyinlariga xomiylik qilish niyati bormi?
Tunjay Eminogʻlu: – “Turk havo yoʻllari” asosan katta sport oʻyinlariga homiylik qilib kelgan. Takliflar boʻlsa balki, Oʻzbekistonda ham homiylik ishlarini yoʻlga qoʻyishimiz mumkin.

– Yozda mavsumiy charter reyslarini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilganmi?
Tunjay Eminogʻlu: – Hozirda bizda charter reyslarini amalga oshirish huquqi yoʻq. Agar ruxsat boʻlsa, biz Antaliya-Toshkent oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarni yoʻlga qoʻyamiz. Maʼlum bir guruhlar boʻlsa, biz charterni ham amalga oshiramiz.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Turk havo yoʻllari” vitse-prezidenti: Qatnovlar qanchalik koʻp boʻlsa, narxlar ham shuncha arzonlashadi​