O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

10.09.2018 16:00 Chop etish versiyasi

Tripoli milliy neft korporatsiyasi binosiga hujum uyushtirildi

Tripoli milliy neft korporatsiyasi binosiga hujum uyushtirildi
Liviya poytaxti Tripolidagi milliy neft korporatsiyasining binolaridan biriga nomaʼlum qurollangan shaxslar hujum uyushtirdi. Bu haqda Al-Arabia telekanalining ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan maʼlumotiga asosanRIA Novosti xabar bermoqda.

Mamlakatning Asharq Al-Awsat nashrining keltirishicha, hujum niqob kiygan uch nomaʼlum shaxs tomonidan amalga oshirilgan.

Voqea joyida qutqaruv ishlari amalga oshirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Zuhra Mirzaboyeva, OʻzA