O‘zA O`zbek

04.09.2018 10:36 Chop etish versiyasi

“Trend az” Oʻzbekiston haqida maqolalar eʼlon qildi

“Trend az” Oʻzbekiston haqida maqolalar eʼlon qildi
Ozarbayjonning “Trend az” axborot agentligi Oʻzbekistoning xalqaro hayotiga bagʻishlangan “Oʻzbekiston Prezidenti Tojikistonning yirik davlat arboblarini taqdirladi”, “Oʻzbekiston va Turkiya hamkorlikda gaz ballonlar ishlab chiqarmoqda”, “Oʻzbekiston yil yakuniga qadar 5 ta hududiy investitsiya loyihalarini amalga oshirmoqchi”, “Oʻzbekiston va Qozogʻiston hamkorlik aloqalarini rivojlantirish yoʻlida muhim masalalarni hal etdi” kabi maqolalarni eʼlon qildi.

Maqolalarda Oʻzbekistonning xorijiy davlatlar bilan hamkorligi, yirik miqdordagi investitsiyalar asosida mamlakatda salmoqli biznes loyihalar amalga oshirilayotgani, bunday loyihalarni tatbiq etish uchun yaratilgan imkoniyatlardan investitorlar mamnun boʻlayotgani qayd etilgan.

Shuningdek, Prezidentimizning chet el davlatlari bilan munosabatlarni yaxshilash yoʻlidagi tashabbuslari mamlakat rahbarlari tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgani eʼtirof etilgan. Xususan, Tojikiston rahbari Emomali Raxmonning Oʻzbekistonga tashrif doirasida ikki davlat oʻrtasida 27 ta, Qozogʻiston deligatsiyasining Oʻzbekistonga tashrif doirasida koʻplabsohalarda xamkorlik kelishuvlari imzolangani aytib oʻtilgan.

Zuhra Mirzaboyeva, OʻzA
2 196