O‘zA O`zbek

12.09.2019 Chop etish versiyasi

Trampga ishonch reytingi 38 foizga tushib ketdi

Trampga ishonch reytingi 38 foizga tushib ketdi

“The Washington Post” tomonidan o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovga ko‘ra, amerikaliklarning AQSh-Xitoy savdo urushidan xavotiri, shuningdek, mamlakat iqtisodidagi beqarorlik tufayli AQSh Prezidenti Donald Tramp faoliyati bo‘yicha e’tirof reytingi sentabr boshida pastlab ketdi.

Natijalar 2020 yilda qayta saylanishni niyat qilgan Tramp ta’kidlagan “kuchli iqtisod” shubha ostida qolayotganini bildiradi.

Trampga ishonch reytingi 38 foizga tushgan. Ishtirokchilarning 56 foizi uning faoliyatini yoqlamasligini aytgan.

885
O‘zA