O‘zA O`zbek

12.10.2018 11:59 Chop etish versiyasi

Tramp Xitoy bilan savdo-iqtisodiy taranglik boʻyicha vaziyatga munosabat bildirdi

Tramp Xitoy bilan savdo-iqtisodiy taranglik boʻyicha vaziyatga munosabat bildirdi

AQSH Prezidenti Donald Trampning qayd etishicha, uning iqtisod va savdo sohasida amalga oshirayotgan siyosati Xitoy iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazgan. AQSH rahbari bu kabi fikrlarni Fox News telekanaliga bergan intervyusi chogʻida aytib oʻtgan.

Shuningdek, Tramp Xitoyga qarshi faoliyatda bundan-da keng imkoniyatga ega ekanini qayd etgan.

AQSH rahbari Xitoy bilan bogʻliq vaziyatni baholarkan, bu borada oʻzining ulkan natijalarga erishganini, ushbu mamlakat iqtisodiyoti esa “tez fursat ichida paysaygani”ni taʼkidlab oʻtgan.

Shu bilan birga, Amerika Qoʻshma Shtatlari yetakchisi ikki davlat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy taranglikni chigallashtirish fikridan yiroq ekanini aytib, Pekinning yaqin kunlar ichida Vashington bilan kelishuvga erishish boʻyicha muzokaralarni boshlashiga umid bildirgan.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning sentyabr oyida Vashington va Pekin oʻzaro yangi import bojlarini joriy qilgan edi.

Zuhra Mirzaboyeva, OʻzA
1 114