O‘zA O`zbek

21.09.2020 Chop etish versiyasi

Tramp uchun zahar joʻnatmoqchi boʻlgan shaxs hibsga olindi

Tramp uchun zahar joʻnatmoqchi boʻlgan shaxs hibsga olindi

“NBC” telekanali AQSH huquqni muhofaza qilish tizimidagi manbaga tayanib, shov-shuvli bir xabar tarqatdi. 

Axborotda aytilishicha, nomaʼlum shaxs Kanadadan Amerika Qoʻshma Shtatlariga prezident Donald Trampni zaharlash uchun moʻljallangan ritsin moddasini joʻnatishga uringanda qoʻlga tushgan.

Gumondor haqida hozircha hech qanday maʼlumot oshkor qilinmagan.

Oq uyga kuchli taʼsir etuvchi zaharli modda – ritsin joʻnatilayotgani haqidagi maktubni mutaxassislar qoʻlga kiritishgani toʻgʻrisida avvalroq FRBning Vashington shahridagi boʻlinmasi xabar bergandi.

2 478
O'zA