O‘zA O`zbek

23.05.2018 13:40 Chop etish versiyasi

Tramp: Sammitda Kim Chen Inning shaxsiy xavfsizligi ta’minlanadi

Tramp: Sammitda Kim Chen Inning shaxsiy xavfsizligi ta’minlanadi
AQSH va KXDR yetakchilarining bo‘lajak uchrashuvi jahon afkor ommasini qiziqtirayotgan muhim tadbirlardan. Hozircha, ikki davlat sammitining o‘tkaziladigan vaqti va joyi ma’lumbo‘lsada, so‘nggi kunlarda xalqaro hayotda kuzatilgan voqealar, xususan, Qo‘shma Shtatlar va Janubiy Koreya birgalikda o‘tkazgan harbiy-o‘quv mashg‘ulotlar tufayli Pxenyan o‘z norozligini bildirgani tarixiy uchrashuv taqdiriga daxl qilayotgandek. Xo‘sh, Amerika va Shimoliy Koreya sammiti o‘tkaziladimi?

“Euronews”ning yozishicha, AQSH prezidenti Janubiy Koreya yetakchisiMun Chje In bilan bo‘lgan uchrashuvda tarixiy sammit o‘tkazilmasligi mumkin, degan ehtimol ham yo‘q emasligini bildirgan. Uning ta’kidlashicha, agar shunday bo‘lsa, bundan qo‘rqish yaramaydi. Chunki Singapurdagi uchrashuv hozircha qoldirilgudek bo‘lsa,keyinroq o‘tkaziladi baribir.

Tramp shuningdek, ayni vaqtda Qo‘shma Shtatlar KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan bo‘lajak uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rayotganini aytib o‘tib,Shimoliy Koreya yadroquroldan butunlay voz kechishiga amin ekanini qo‘shimcha qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra sammitda Kim Chen Inning shaxsiy xavfsizligi ta’minlanadi.

Eslatib o‘tamiz, AQSH rahbari Donald Tramp “Twitter” da Kim Chen In bilan shu yilning 12 iyunida Singapurda uchrashishini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, qator xorijiy OAVlar o‘z manbalariga asoslanib,Amerika Qo‘shma Shtatlari va Shimoliy Koreya xavfsizlik sammitiga Singapur davlati mezbonlik qilishi haqida xabarlar tarqatdi. Ularga ko‘ra sammitni o‘tkazish joyi haqidagi tashabbus Vashington tomonidan chiqqan bo‘lib, . aynan Singapur tanlanganiga esa mazkur davlatning uchta o‘ziga xos afzalligi: xavfsizlik, xolislik (Singapur maqomi), qulay joylashuv sabab bo‘lgan.

Malohat Husanova, O‘zA
4 813