O‘zA O`zbek

23.07.2020 Chop etish versiyasi

Tramp pandemiya sharoitida ham oʻgʻlini maktabga joʻnatishdan qoʻrqmasligini maʼlum qildi

Tramp pandemiya sharoitida ham oʻgʻlini maktabga joʻnatishdan qoʻrqmasligini maʼlum qildi

“Ha, men xotirjamman”, - dedi Tramp matbuot anjumanida. Unga 14 yoshli oʻgʻlingiz Berron va nevaralaringizni xavotir olmasdan maktabga joʻnata olasizmi, deb savol berishganda u shunday javob berdi.

“Men maktablarning ochilishini istayman. Biz buni xavfsiz rejimda amalga oshiramiz”, - dedi prezident. Shu bilan birga, u maktablarning ochilishi boʻyicha yakuniy qarorni mahalliy hokimiyatlar qabul qilishini ham taʼkidlab oʻtdi.

Xabarda taʼkidlanishicha, hozirda AQSHda maktablarni ochish maqsadga muvofiqmi, degan masala Tramp tarafdorlari bilan unga qarshilar oʻrtasida keskin bahslarga sabab boʻlmoqda.

2 026
OʻzA