O‘zA O`zbek

07.10.2019 Chop etish versiyasi

Tramp Nensi Pelosini og‘ir jinoyat va harakatlarda aybladi

Tramp Nensi Pelosini og‘ir jinoyat va harakatlarda aybladi

AQSh prezidenti Donald Tramp 7 oktabr kuni AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosini og‘ir jinoyat va harakatlarda, hattoki, davlatga xiyonatda aybladi va unga zudlik bilan impichment qo‘llash kerak degan fikrni bildirdi.

Bu xabarni Tramp yakshanba kuni o‘zining tvitterdagi sahifasida qoldirdi. Tramp qo‘llagan “og‘ir jinoyat va harakatlar“ (high crimes and misdemeanors) ayblovi yuridik ibora bo‘lib AQSh hukumatida bu ibora impichment uchun sabab sifatida ishlatiladi. U mansabdor shaxslar tomonidan noqonuniy xatti-harakatlar: korrupsiya, sovuqqonlik, qasam ichgan holda yolg‘on guvohlik berish, xizmat vakolatlarini suiste’mol qilish, poraxo‘rlik, guvohlarni qo‘rqitish, davlat mablag‘larini maqsadsiz sarflash, o‘z majburiyatlarini bajarmaslik va boshqa jinoyatlarni o‘z ichiga oladi.

Tramp prezidentga qarshi guvohlik berishga tayyorgarlik ko‘rayotgan maxsus xizmatning ikkinchi xodimi paydo bo‘lgach, Trampning o‘ziga nisbatan impichment qo‘llanilishi aniq bo‘lganidan so‘ng mana shu xabarni yozib qoldirdi.

25 sentabr kuni AQSh Kongressining Demokratlar tomonidan boshqariladigan Vakillar palatasi, Trampga nisbatan impichment jarayonini boshladi. Prezident 2019 yil iyulida Ukraina prezidenti Vladmir Zelenskiy bilan telefon muloqotidan so‘ng og‘ir jinoyat va harakatlar sodir etganlikda ayblanmoqda.

AQSh prezidentining siyosiy opponentlarining fikricha, Tramp qo‘ng‘iroq vaqtida Zelenskiyni AQSh sobiq vitse-prezidenti, 2020 yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida Trampning ehtimoliy raqibi Jozef Baydening o‘g‘li Xanter Baydenning Ukrainadagi faoliyati tergov qilinishi lozimligiga ko‘ndirmoqchi bo‘lgan. Agar tergov olib borilmaydigan bo‘lsa, Tramp Kievga yuboriladigan moliyaviy va harbiy yordamni bloklash borasida po‘pisa qilganmish.

Tramp vakillari va Zelenskiyning o‘zi AQSh prezidenti tomonidan bosim bo‘lmaganini aytishmoqda.

Tramp ustidan shikoyatni Kongressga AQSh razvedkasi vakillaridan biri berdi. Biroq Tramp tarafdorlarining fikricha, bu ariza siyosiy maqsadlarda yozilgan, uni yozgan odam kamida AQSh demokratik partiyasi rahbariyatiga yaqin bo‘lgan yuristlar bilan maslahatlashgan.

Tramp aynan shunga shama qilmoqda, Vakillar palatasining razvedka bo‘yicha maxsus qo‘mitasi rahbari, demokrat Adam Shiffning nomini tilga olar ekan, Shiffning qo‘mitasi Trampga nisbatan qo‘yilgan ayblovni tergov qilmoqchi.

Trampning fikricha, Pelosi ham firibgarlikka asos bo‘ladigan xatti-harakatlar qilmoqda. Ya’ni u “partiya safsatabozi” hamda uning advokati bilan qonunga zid ravishda uchrashmoqda ekan.

– Mening fikrimcha, ularning yomon maqsadda hamkorlik qilishi impichmentiga asos bo‘lishi kerak, - deya bayonot berdi Tramp.

612
O‘zA