O‘zA O`zbek

08.07.2019 18:07 Chop etish versiyasi

Tramp: "Eron hech qachon yadro quroliga ega bo‘lmaydi"

Tramp: "Eron hech qachon yadro quroliga ega bo‘lmaydi"

AQSh Prezidenti Donald Tramp Eronning hamkorlikdagi keng qamrovli harakatlar rejasiga oid o‘z majburiyatlarini kamaytirishiga munosabat bildirdi. RIA Novosti xabarida aytilishicha, Tramp “Eron hech qachon yadro quroliga ega bo‘lmaydi, u yaxshisi, ehtiyot bo‘lgani ma’qul”, deb ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, Eron BMT xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari – Rossiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, AQSh va Fransiya, shuningdek, Germaniya bilan o‘z yadroviy dasturini cheklashga oid kelishuvga qo‘shilgan.

O‘zA
943