O‘zA O`zbek

31.07.2019 09:38 Chop etish versiyasi

Tramp Braziliya bilan savdo bitimini tuzmoqchi

Tramp Braziliya bilan savdo bitimini tuzmoqchi

AQSH Prezidenti Donald Tramp Braziliya bilan savdo bitimini tuzmoqchi, deb xabar beradi Reuters agentligi. “Biz Braziliya bilan erkin savdo munosabatlarini tashkil qilish va tegishli bitim boʻyicha ish olib boramiz”, dedi Donald Tramp Oq uyda jurnalistlarga.

U, shuningdek, AQSHda ishlab chiqarilgan mahsulotlardan anchagina koʻp boj undirayotgan boʻlsa-da Braziliya AQSHning ishonchli savdo hamkori ekanini taʼkidlagan.

OʻzA
487