O‘zA O`zbek

25.03.2020 Chop etish versiyasi

Tramp Ar-Riyodning Rossiyani neft bozoridan siqib chiqarish rejasini maʼqulladi

Tramp Ar-Riyodning Rossiyani neft bozoridan siqib chiqarish rejasini maʼqulladi

AQSH prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistonining neft ishlab chiqarishni oshirish yoʻli bilan Rossiyani qora oltin bozoridan siqib chiqarish rejasini qoʻllab-quvvatladi, deb yozadi Politico nashri ishonchli manbalarga tanib.

Oq uy rahbari oʻzining pozitsiyasini 9-mart kuni Saudiya Arabistoni valiahdi Muhammad bin Salmon bilan telefon orqali suhbatlashganda maʼlum qilgan.

Tramp Ar-Riyodning rejasini maʼqullagan, shu bilan birga, u saudiyaliklardan AQSH neft kompaniyalarini himoya qilish uchun neft narxini haddan ziyod arzonlashtirib yubormaslikni soʻragan.

1 194
OʻzA