O‘zA O`zbek

07.10.2019 Chop etish versiyasi

Tramp: AQShning Suriyadagi “cheksiz urushlardan“ chiqish vaqti keldi

Tramp: AQShning Suriyadagi “cheksiz urushlardan“ chiqish vaqti keldi

AQShning Suriyadagi “cheksiz urushlardan“ chiqish vaqti keldi. Amerika yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, endilikda Suriyaga qo‘shni davlatlar va mojaro tomonlari mintaqadagi vaziyatni hal qilishga majbur bo‘ladi.

AQSh Prezidenti Donald Tramp, Suriyadagi vaziyatni sharhlar ekan, mamlakat bu cheksiz urushdan chiqib, amerikalik harbiylarni uyini qaytarish vaqti kelganini ma’lum qildi.

“Amerika Qo‘shma Shtatlari Suriyada 30 kun bo‘lishi kerak edi ... Biz noaniq maqsadlar uchun urush domiga tobora chuqurroq kirib bordik. ... Ammo, bu bema’ni urushlardan chiqish vaqti keldi. ... va askarlarimizni uyga qaytaring “, deb yozgan Tramp, bugun tvitteridagi sahifasiga.

“Turkiya, Yevropa, Suriya, Eron, Iroq, Rossiya va kurdlar endi bu vaziyatni boshqarishlari kerak“, deya qo‘shimcha qilgan Tramp o‘z izohida.

389
Malohat Husanova, O‘zA