O‘zA O`zbek

08.10.2019 Chop etish versiyasi

Tramp AQSh “aql bovar qilmaydigan yangi qurollar“ ishlab chiqayotganini ma’lum qildi

Tramp AQSh “aql bovar qilmaydigan yangi qurollar“ ishlab chiqayotganini ma’lum qildi

Amerika Qo‘shma Shtatlari “aql bovar qilmaydigan yangi qurollar“, xususan, eng yangi suv osti kemalarini ishlab chiqmoqda. Bu haqda dushanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp jurnalistlarning savollariga javoban ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kelgusi haftalarda Amerika tomoni yangi qurol tizimlarini namoyish qilishi mumkin.

“Biz hozirda aql bovar qilmaydigan yangi qurollar ishlab chiqmoqdamiz. Hech kim tasavvur qila olmaydigan qurollarimiz mavjud“, degan AQSh Prezidenti. “Yaqin to‘rt-besh hafta ichida tanaffus qilishni rejalashtirmoqdamiz. Biz (yangi tizimlardan) ba’zilarini namoyish qilamiz, ayrimlarini esa yo‘q“

Uning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar yadroviy qurollarni yangilamoqda va takomillashtirmoqda. “Biz suv osti kemalarini hech kim xayoliga keltirmaydigan darajada quryapmiz“, degan Tramp. “Umid qilamanki, ulardan foydalanishga to‘g‘ri kelmaydi“

1 825
Malohat HUSANOVA, O‘zA