O‘zA O`zbek

14.10.2019 Chop etish versiyasi

Tomash Petrshichek: “Suriyadagi vaziyatni butun Yevroittifoq bilan muhokama qilamiz”

Tomash Petrshichek: “Suriyadagi vaziyatni butun Yevroittifoq bilan muhokama qilamiz”

Chexiya tashqi ishlar vaziri Tomash Petrshichek bugun, 14 oktabr kuni mamlakatdagi Turkiya elchisini chaqirib, Turkiyaning Suriyadagi harakatlari haqidagi izohini tinglaydi.
Bu haqda vazir Twitterdagi sahifasida ma’lum qilgan. 

Ma’lumot uchun, 9 oktabrda Turkiya Prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘on Suriyadagi “Tinchlik manbasi” amaliyoti boshlanganini e’lon qilgan va shu kunning o‘zidayoq turk aviatsiyasi chegara yaqinidagi Suriya shaharlarini o‘qqa tutgandi.

“Turk elchisi bilan gaplashib, keyin Suriyadagi vaziyatni butun Yevroittifoq bilan muhokama qilamiz. Men diplomatik yechim tarafdoriman”, deb yozadi Petrshichek.

1 136
O‘zA