Har yili Tojikistonda 11-mart – Matbuotchilar kasbiy bayrami sifatida nishonlanadi.

Bayram arafasida Tojikiston Respublikasi Hukumatining rasmiy nashri – «Xalq ovozi» gazetasi tahririyatiga Tojikiston Respublikasi Oliy Majlisi Namoyandalar majlisining Xalqaro aloqalar, jamoatchilik birlashmalari va axborot masalalariga oid qo‘mitasi raisi Olim Salimzoda tashrif buyurib, qalamkashlarni matbuotchilar bayrami bilan samimiy tabrikladi.

U qariyb 90 yildan buyon respublika Hukumatining o‘zbek tilidagi rasmiy nashri sifatida chop etib kelinayotgan «Xalq ovozi» gazetasi faoliyati haqida so‘z yuritar ekan, uning bugungi mamlakat oliy rahbariyati siyosatini targ‘ib qilish va tojigu o‘zbek xalqlari o‘rtasidagi azaliy do‘stlikni tarannum etish hamda yanada mustahkamlashdagi roliga yuksak baho berdi. Bunda esa, gazeta tahrir hay’ati, xususan, uning Bosh muharriri Yoqubjon Abdumanonzodaning hissasi katta ekanligini alohida ta’kidladi.

Quvonarlisi shundaki, har yili bir marta alohida soha vakiliga taqdim etiladigan Tojikiston Respublikasi Oliy Majlisi Namoyandalar majlisining Iftixornomasi bu yil «Xalq ovozi» gazetasi rahbari Yoqubjon Abdumanonzodaga nasib etganligiga urg‘u berdi va rasmiy nashr ijodiy jamoasi huzurida tatanali ravishda Iftixornoma o‘z sohibiga topshirildi.

Albatta, bu mamlakat Oliy Majlisi Namoyandalar majlisi raisi Shukurjon Zuhurovning «Xalq ovozi» gazetasi ijodiy jamoasi va respublika o‘zbek jurnalistlariga bo‘lgan katta e’tiboridan darak beradi.

Zuhriddin Umarov, 
«Xalq ovozi» muxbiri
(Tojikiston).

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tojikistonlik o‘zbek jurnalisti taqdirlandi