Tojikistonda 130 mingga yaqin o‘quvchi o‘zbek tilida ta’lim olmoqda
“Xovar”ning yozishicha, Tojikiston Respublikasi fan-ta’lim vaziri o‘rinbosari R.Mirboboyev mamlakatning birinchi yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida bu haqda ma’lum qilgan.
“Xovar”ning yozishicha, Tojikiston Respublikasi fan-ta’lim vaziri o‘rinbosari R.Mirboboyev mamlakatning birinchi yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida bu haqda ma’lum qilgan.
Vazir o‘rinbosarining qayd etishicha, Tojikistonda o‘zbek tilida o‘qitishga ixtisoslashgan maktablar soni yetmishdan ziyod. Yana 426 ta umumta’lim muassasasida tojik tili bilan birga o‘zbek tilida o‘qitish ham yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, o‘quvchilarni o‘quv-adabiyotlar bilan ta’minlashga ham alohida e’tibor berib kelinmoqda. Shu maqsadda vazirlik qoshida o‘zbek tilidagi o‘quv-metodik adabiyotlarni tayyorlash guruhi faoliyat ko‘rsatmoqda.