O‘zA O`zbek

15.04.2019 12:32 Chop etish versiyasi

Tojikistonda 1 Mb internet narxi qancha?

Tojikistonda 1 Mb internet narxi qancha?

Tojikiston aksilmonopoliya xizmatining mobil internet va NGN bo‘yicha telefon suhbatlarining tariflari oshirilishi borasidagi farmoyishi kuchga kirdi.

Hukumat mobil operatorlariga 4 martdan boshlab aksilmonopoliya idorasining farmoyishini bajarishga ko‘rsatma berdi. Endilikda 1 Mb internet narxi – kamida 5 diram turadi. Avvallari tojik operatorlarining bir gigabayt internet narxi taxminan 30-35 somoni bo‘lgan bo‘lsa, endilikda 51 somonigacha ko‘tarildi. QQS va aksiz hisobga olingudek bo‘lsa, 63 somoni (6,7 dollar)ga chiqadi. Mana shu farmoyishga ko‘ra, NGN bo‘yicha bir daqiqa suhbat narxi 10 barobar – 10-12 diramdan 1,2 somonigacha oshdi.

Aslida farmoyish 27 martdan kuchga kirishi kerak edi, biroq aksilmonopoliya xizmati va mobil operatorlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar tufayli ijro etish muddati biroz uzaytirildi.

Mobil kompaniyalari internet tariflari arzonlashtirilishiga erishmoqchi bo‘ldi. Tojikiston mobil operatorlari assotsiatsiyasi raisi G‘afurjon Irkaevning 13 aprel kuni aytishicha, bir necha kun muqaddam ularni Monopoliyaga qarshi kurash xizmatining 301-sonli farmoyishi 4 martdan kuchga kirgani bilan ogohlantirgan.

Irkaevning so‘zlariga qaranganda, so‘nggi bir necha hafta mobaynida mobil operatorlari assotsiatsiyasi fuqarolar faollari bilan birgalikda internet tariflarining narxi pasaytirilishi uchun harakat qilishmoqchi bo‘lgan. “Ammo yakuniy qaror qabul qilib bo‘lingan va kelasi haftadan boshlab barcha operatorlar yangi tariflarni o‘rnatadi. Mobil kompaniyalari o‘z abonentlarini yo‘qotmaslik uchun tariflarni oshirmaslik yo‘lida qo‘ldan kelgan barcha imkoniyatlardan foydalandi”, – deydi Irkaev.

O‘zA
536