O‘zA O`zbek

12.02.2019 Chop etish versiyasi

Toʻyga kredit olma!

Toʻyga kredit olma!

11 fevralga oʻtar kechasi bir guruh faollar Bishkekning turli burchaklaridagi moliya muassasalari oldiga trafaret bilan “Toygo kredit alba!” (“Toʻyga kredit olma!”) soʻzini yozib ketdi. Koʻplab yozuvlar banklarga kirish oldida paydo boʻldi, deya xabar berdi aksiya ishtirokchilari.

Faollarning fikricha, odamlar pul ishlatishni bilmaydi. “Turli tadbirlarni oʻtkazish uchun kredit olmoqda. Odamlar tadbirkorlik uchun emas, balki toʻy oʻtkazish uchun kredit oladi. Keyin esa qarz botqogʻiga tushib qoladi, shundan soʻng yoshlar birgalikda shirin turmush kechirish oʻrniga kreditdan qutilish uchun pul topish maqsadida chet elga ketishga majbur boʻladi”, demoqda faollar. Gʻoya mualliflarining taʼkidlashicha, ularning xatti-harakatlari banklar faoliyatiga toʻsqinlik qilishga qaratilmagan.

Qirgʻizistonda toʻylar koʻplab mehmonlar ishtirokida boʻlib oʻtadi, shu sababli koʻpincha yosh kelin-kuyovlar, ularning ota-onalari kredit olishga majbur boʻladi. Hukumat va parlament bu kabi koʻrinishlardan xavotirga tushib qoldi va tantanalar oʻtkazilishi cheklanishi borasida tez-tez murojaatlar bilan chiqib turadi.

2018 yilda Madaniyat, informatsiya va turizm vazirligi toʻylarning eng yaxshi ssenariysi boʻyicha tanlov eʼlon qildi. Tanlovdan koʻzlangan maqsad tantanalarni jahon tajribasi asosida oʻtkazish, xarajatlarni haddan ziyod koʻpayib ketishiga toʻsiq qoʻyish, tantanalarni oʻtkazishda yangicha madaniyatni joriy qilishdan iborat edi.

1 342
OʻzA