O‘zA O`zbek

14.02.2019 Chop etish versiyasi

Toʻy tantanalari oʻtkazish masalasida qoidalar ishlab chiqilmoqda

Toʻy tantanalari oʻtkazish masalasida qoidalar ishlab chiqilmoqda

Qirgʻiziston Respublikasi Batken viloyati maʼmuriyati toʻy tantanalari oʻtkazish masalasida qoidalar ishlab chiqmoqda. Bundan koʻzlangan maqsad turli toʻy marosimlarini oʻtkazishda aholi tomonidan sarflanadigan xarajatlarni qisqartirishdan iborat.

Viloyat administratsiyasining xabar qilishicha, tantanalarga sarflanadigan xarajatlarni qisqartirish borasidagi taklif oʻtgan yili shu kabi qoidalarni joriy qilgan Qadamjoy tumanidagi Oq turpoq qishloq kengashi aholisidan chiqdi. Tashabbus oʻz samarasini berdi, shu sababli qishloq ahli bu qoidalarni butun tumanga yoyish kerak degan taklifni ilgari surdi. Ammo viloyat rahbariyati bu tashabbusni butun mintaqada joriy qilmoqchi. Qoidalar ishlab chiqilganidan keyin muhokama qilish uchun viloyat ahli hukmiga havola qilinadi.

Norasmiy maʼlumotlarga qaraganda, Batken viloyatida har yili dafn va ehson marosimlarini hisobga olmaganda 6 mingdan ortiq tantana oʻtkazilar ekan. Mahalliy iqtisodchilarning hisob-kitoblariga qaraganda, mintaqa aholisi toʻylar uchun bir yilda4 milliard som (57 million dollarga yaqin)dan ortiq mablagʻ sarflar ekan.

2018 yilda Madaniyat, informatsiya va turizm vazirligi toʻylarning eng yaxshi ssenariysi boʻyicha tanlov eʼlon qildi. Tanlovdan koʻzlangan maqsad tantanalarni jahon tajribasi asosida oʻtkazish, xarajatlarni haddan ziyod koʻpayib ketishiga toʻsiq qoʻyish, tantanalarni oʻtkazishda yangicha madaniyatni joriy qilishdan iborat edi.

1 011
OʻzA