O‘zA O`zbek

11.10.2019 Chop etish versiyasi

Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti Efiopiya Bosh vaziriga berildi

Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti Efiopiya Bosh vaziriga berildi

Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti Efiopiya Bosh vaziri Abiy Ahmadga mamlakatning Eritreya bilan chegara mojarosini hal qilishga qo‘shgan hissasi uchun berildi. Bu haqda Norvegiya Nobel qo‘mitasi raisi Berit Rayss-Andersen ma’lum qildi. 

Abiy Ahmad 1976 yil 23 aprelda tug‘ilgan. 2010 yilda u podpolkovnik unvoni bilan harbiy xizmatni tark etadi va mamlakat parlamentining quyi palatasi - Xalq vakillari kengashi deputati etib saylanadi. Ushbu vazifada u xristianlar va musulmonlar o‘rtasidagi diniy mojarolarni bartaraf etishga, shuningdek, Addis-Abebaga yaqin bo‘lgan yerlarni noqonuniy egallab olishga qarshi kurashishga e’tibor qaratgan. 2014 yilda Abiy Ahmad Efiopiyaning Fan va texnologiyalar bo‘yicha Axborot markazi direktori, 2015 yilda Fan va texnologiyalar vaziri, 2018 yil 1 aprelda ko‘pchilik ovoz bilan hukumat rahbarligiga tayinlangan. 

2 053
Malohat HUSANOVA, O‘zA