O‘zA O`zbek

14.04.2020 Chop etish versiyasi

“Teodor Ruzvelt“ aviatashuvchi kemasida koronavirus tufayli ilk qurbon berildi

“Teodor Ruzvelt“ aviatashuvchi kemasida koronavirus tufayli ilk qurbon berildi

AQSH harbiy dengiz kuchlari tarqatgan xabarda aytilishicha, “Teodor Ruzvelt“ aviatashuvchi harbiy kema ekipaj aʼzolaridan biri koronavirusdan vafot etgan.

“Teodoru Ruzvelt“ kemasi dengizchisi 9-aprel kuni Guamdagi kasalxonaga olib kelingan edi, u koronavirusga chalingan va ahvoli ogʻirlashib 13-aprelda vafot etdi“, – deyiladi AQSH harbiy dengiz kuchlari tarqatgan xabarda.

12-aprelgacha kemada xizmat qilayotgan shaxsiy tarkibning 92 foizi koronavirusga test topshirgan. Natijada 585 nafar harbiyning virus yuqtirgani maʼlum boʻldi, 3 ming 724 nafari sogʻlom chiqqan. Ekipaj aʼzolaridan 3 ming 967 nafari kemadan tushirilgan.

Kema hozir Guamdagi harbiy bazada turibdi. Qoʻmondonlikdan maʼlum qilinishicha, kema koronavirus tarqalganiga qaramay, jangovar holatda qoladi.

1 480
OʻzA