O‘zA O`zbek

06.11.2019 Chop etish versiyasi

Tehron yadroviy kelishuvga oid majburiyatlarini qisqartirishda davom etmoqda

Tehron yadroviy kelishuvga oid majburiyatlarini qisqartirishda davom etmoqda

Eron bugun, 6 noyabrdan boshlab Fordo ob’ektidagi o‘z yadroviy dasturi bo‘yicha xalqaro kelishuvda taqiqlangan qurilmalarni ishga tushiradi.

“REGNUM” xabariga ko‘ra, bu haqda mamlakat Prezidenti Hasan Ruhoniy bayonot berib, yadroviy ob’ektdan gaz olish boshlanishini aytgan.

Shu tariqa Tehron yadroviy kelishuvga oid majburiyatlarini qisqartirishning to‘rtinchi bosqichiga kirishadi.

Bu choralar kelishuvga a’zo davlatlar o‘z majburiyatini bajarishga kirishishi bilanoq bekor qilinishi aytilgan.



420
O‘zA