O‘zA O`zbek

30.07.2019 Chop etish versiyasi

Taro Kono: raketalar boʻyicha yangi Bitim zarur

Taro Kono: raketalar boʻyicha yangi Bitim zarur

Yaponiya tashqi ishlar vaziri Taro Kono, uzoq va qisqa masofaga uchiriluvchi raketalarga oid xalqaro Kelishuvning oʻrniga dunyoda yangicha Bitim bilan bogʻliq tizim zarur, dedi.

 Bitimga yadro quroliga ega davlatlar – Rossiya, AQSH, Xitoy, Buyuk Britaniya va Fransiya qoʻshilishi kerak. Ria Novosti xabarida “Bitimda “yadro beshligi” davlatlarining barchasi boʻlishi lozim”, degan iqtibos keltirilgan. Eslatib oʻtamiz, AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo Fox Newsga bergan intervyusida AQSH hamon 2-avgust kuni raketalarga oid xalqaro Kelishuvdan chiqishni rejalashtirayotganini aytgandi.

765
OʻzA