Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

19.04.2018 09:10 Chop etish versiyasi

Tarbiyachining ehtiyotsizligi. Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar suvdan zaharlandi

Moskva shahridagi maktabgacha ta’lim muassasalarining birida bolalar zaharlanish oqibatida kasalxonaga yotqizilgan.

“Interfax.ru”ning yozishicha,bolalar 17-aprel kuni badantarbiyadan so‘ng tarbiyachidan ichish uchun suv so‘ragan. Tarbiyachi stol ustida turgan shisha idishidan suv quyib bergan. Shundan so‘ng 4 nafar bolaning tobi qochib, kasalxonaga yotqizilgan. Shifokorlarning aytishicha, bolalarning ahvoli jiddiy darajada og‘ir emas.

Tergov jarayoni shuni ko‘rsatdiki, shisha idishdagi suv tarkibida erituvchi suyuq modda bo‘lgan. O‘sha moddadanbir necha kun oldintarbiyachi kiyimidagi dog‘ni ketkazish uchun foydalangan. Shisha idishni esa ovqatlanish uchun mo‘ljallangan stol ustida qoldirgan.



Umida Qurbonova tayyorladi.

O‘zA
3 717