O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

11.09.2018 12:19 Chop etish versiyasi

Tailand sohillarida zaharli ilonlar uchramoqda

Tailand sohillarida zaharli ilonlar uchramoqda

Tailandning Pxuket oroli sohillarida zaharli dengiz ilonlari paydo boʻldi, deya xabar bermoqda The Phuket News nashri.

– Pxuket xalqaro aeroportidan uncha uzoq boʻlmagan Nay-Yang sohili yaqinida zaharli dengiz ilonlarini uchratdim, – deydi mahalliy aholi vakili nashrga bergan intervyusida. U oʻta xavfli boʻlgani bois sayyohlarni ogohlantirishga qaror qildim.

Oʻtgan hafta ham shunga oʻxshash voqea Patong sohillarida sodir boʻlgandi.

“Phuket Lifeguard“ klubi prezidentining taʼkidlashicha, dengiz ilonlarining qirgʻoqqa chiqib qolishidan xavotirlanish oʻrinsiz. Chunki bu turdagi ilonlar quruqlikda yashashga moslashmagan. Ularning aksariyati sohil boʻylarida oʻlik holda topilishi sababi ham shundan.

Dilobar Mamatova, OʻzA