O‘zA O`zbek

02.10.2018 Chop etish versiyasi

Suvosti restorani qurilishi amalga oshirilmoqda

Suvosti restorani qurilishi amalga oshirilmoqda Norvegiyaning janubiy qismida, Shimoliy dengiz sathidan besh metr pastlikda, Yevropaning birinchi suvosti restorani qurilishi amalga oshirilmoqda. 33.5 metr uzunlikdagi restoran qurilishi 2018 yil iyul oyida boshlangan edi. Muhandislar uni 2019 yilning bahorida foydalanishga topshirishni rejalashtirganlar.

Restoran qurilishi tugatilgach, u taxminan 500 kvadrat metr ichki maydonga ega va uch qavatli boʻlib, 100 kishidan iborat mijozlarga xizmat koʻrsatadi. Shuningdek, tashrif buyuruvchilar 11 metrli keng deraza orqali dengizning noyob manzarasidan bahra olishlari mumkin boʻladi.

Restoranga mijozlarni qabul qilish jarayoni allaqachon boshlanib ketgan. Sayyohlar ushbu moʻʼjizaviy maskan qurilishi tugallanishini sabrsizlik bilan kutishmoqda.

http_%2F%2Fcdn.cnn.com%2Fcnnnext%2Fdam%2Fassets%2F180924135023-2016226-os-n19.jpg

http_%2F%2Fcdn.cnn.com%2Fcnnnext%2Fdam%2Fassets%2F180924135807-2016226-os-n41.jpg

http_%2F%2Fcdn.cnn.com%2Fcnnnext%2Fdam%2Fassets%2F180926161251-snohetta-under2016226-os-n4.jpg

http_%2F%2Fcdn.cnn.com%2Fcnnnext%2Fdam%2Fassets%2F180926161507-snohetta-under-2016226-os.jpg

1 641
OʻzA