O‘zA O`zbek

08.07.2019 Chop etish versiyasi

Suv toshqinlaridan zarar ko‘rgan aholiga ko‘mak berildi

Suv toshqinlaridan zarar ko‘rgan aholiga ko‘mak berildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatidagi suv toshqinlaridan zarar ko‘rgan aholining 23,8 ming nafariga 10 ming rubldan moddiy ko‘mak berildi. Yakshanba kuni yana 1087 ta ariza olingan. 

Mahalliy hukumat ma’lumotiga ko‘ra, o‘z mulkidan qisman yoki butunlay ajralganlar uchun 50 va 100 ming rubllik moddiy ko‘mak berilishi bo‘yicha ikki ming kishiga tovon pullari to‘lanadi. Eslatib o‘tamiz, viloyatdagi 35 ming kishi yashovchi 107 aholi punkti suv ostida qolgan, Tulun va Nijneudinsk shaharlari eng ko‘p zarar ko‘rgani aytilgan.

626
O‘zA