O‘zA O`zbek

14.02.2019 Chop etish versiyasi

Suriyaning Idlib viloyatidagi vaziyat uchrashuvning asosiy mavzusi boʻladi

Suriyaning Idlib viloyatidagi vaziyat uchrashuvning asosiy mavzusi boʻladi

Suriyaning Idlib viloyatidagi vaziyat Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻon va Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Sochidagi bugungi uchrashuvi kun tartibidagi muhim mavzulardan biri boʻladi.

REGNUM xabariga koʻra, bu haqda matbuot anjumanida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov maʼlumot berdi. “Maʼlumki, terrorchi guruhning bu yerda mustahkam oʻrin tutishiga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi, shundoq ham uning ixtiyoridagi hudud uch baravar kattalashgan”, dedi vazir. Eslatib oʻtamiz, bugun Sochida Rossiya, Turkiya va Eron Prezidentlarining Suriyadagi vaziyatni barqarorlashtirishga bagʻishlangan uchrashuvi boʻlib oʻtadi.

738
OʻzA