O‘zA O`zbek

24.08.2018 16:37 Chop etish versiyasi

Suriyadagi notinch holat xalqaro ekspertlar nigohida

Suriyadagi notinch holat xalqaro ekspertlar nigohida

Rossiya va Turkiya davlatlari tashqi ishlar vazirlari Sergey Lavrov hamda Mevlut Chavushoʻgʻlu Suriyadagi notinch vaziyat hamda konsitutsiyaviy komissiya tuzish ishlarini tezkorlik bilan yakunlash masalasida muzokara olib bordi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Rossiya tashqi ishlar vaziri S.Lavrov matbuot anjumanida: “Biz muzokara davomida xalqaro maydondagi muammolar qatori, Suriyadagi hayot tarzini tartibga solish, Sochi shahrida tashkil etilgan Suriya milliy muloqot kongressi qarorlarini ijro yoʻllarini nazorat qilish hamda tez muddat ichida kongressda ilgari surilgan konstitutsiyaviy qoʻmita tuzish masalalarini koʻrib chiqdik. Bu yoʻldagi faoliyatimiz hali davom etadi.” – deb bayonot berdi.

Z.Mirzaboyeva, OʻzA
1 780