O‘zA O`zbek

21.05.2020 Chop etish versiyasi

Suriyada Asadning isteʼfosi haqidagi xabarlar axborot urushi sifatida baholanmoqda

Suriyada Asadning isteʼfosi haqidagi xabarlar axborot urushi sifatida baholanmoqda

Ommaviy axborot vositalari orqali Rossiya-Suriya munosabatlari haqida yolgʻon xabarlar tarqatilishi ikki davlat oʻrtasidagi mustahkam ittifoqga rahna sola olmaydi, chunki ular orasidagi aloqalar bu kabi urush usullaridan yuqori turadi, deya bayonot berdi Suriya parlamenti vitse-spikeri Nadejda Anzor.

RIA Novosti agentligining maʼlum qilishicha, bundan avvalroq Suriya muxolifati tarqatgan maʼlumotlar asosida bir qator ommaviy axborot vositalarida mamlakat prezidenti Bashar Asadning isteʼfo berishi mumkinligi haqida xabarlar paydo boʻlgandi.

Xabarda taʼkidlanishicha, ushbu masala hozirda Rossiya, Turkiya va Eron oʻrtasida muhokama qilinmoqda. Ammo mazkur xabarni hech kim rasman tasdiqlagani yoʻq.

Davlat Dumasining Suriya parlamenti bilan aloqalar boʻyicha doʻstlik guruhi koordinatori Dmitriy Sablin ushbu xabarning mish-mishdan boshqa narsa emasligini aytib, Asadni suriyaliklarning koʻpchilik qismi qoʻllab-quvvatlashini taʼkidladi.

1 355
OʻzA