O‘zA O`zbek

17.04.2018 10:05 Chop etish versiyasi

Suriya yana raketa hujumiga uchradi

Suriya yana raketa hujumiga uchradi Suriya ommaviy axborot vositalarining xabar qilishicha, mamlakatning Xoms hududidagi havo mudofaa tizimi chetdan yo‘llangan raketalarni urib tushirgan.

Xomsdagi Shayrat aviabazasi mo‘ljalini olgan raketalar soni to‘qqizta bo‘lgan. Havo hujumi oqibatida qurbonlar yo‘q, vayronagarchilik bo‘lmagan.

RIA Novostining Suriya armiyasidagi manbasi ham Shayratga bo‘lgan raketalar hujumini tasdiqlagan.

Al-Masdar axborot portalining qayd etishicha Shayratga yo‘llangan raketalar Isroil tomonidan uchirilgan bo‘lib, Suriya armiyasi hujumni havoning o‘zida bartaraf etgan.

Al-Masdarning yana bir ma’lumotiga ko‘ra Damashq shimolidagi Dumeyr aerodromiga ham raketa hujumi uyushtirilgan.


Eslatib o‘tamiz, shanba kuni AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya Suriyaga havo hujumini amalga oshirgan edi.

Malohat Husanova, O‘zA
4 138