Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.01.2018 20:00 Chop etish versiyasi

Suriya: Sinjar va 4 ta aholi punkti jangarilardan ozod etildi

Suriya qurolli kuchlari va ittifoqchi kuchlarning birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli 7 yanvar kuni Idlib viloyatining janubidagi Sinjar shahri "Jabhat an-Nusra" jangarilardan ozod qilindi. Bu haqda ishonchli manbaalarga tayanib RIA Novosti xabar bermoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, bosim ostida terrorchilar Sinjar shahri bilan birga yana to‘rtta qishloqni tark etishga majbur bo‘lishgan.

"Sinjar shu choqqacha "Jabhat an-Nusra" tasarrufidagi muhim qal’alardan biri edi. Shahar Abu Duhur harbiy havo bazasidan 15 kilometr masofada joylashgan. Shu bois uning ozod etilishi muhim strategik ahamiyatga ega", – deyiladi manba xabarida.

O‘zA
8 348