O‘zA O`zbek

13.09.2019 Chop etish versiyasi

Suriya lagerlaridagi Tojikiston fuqarolari bo‘yicha ma’lumotlar oshkor aniqlandi

Suriya lagerlaridagi Tojikiston fuqarolari bo‘yicha ma’lumotlar oshkor aniqlandi

Tojikiston rasmiylarining ma’lumotiga qaraganda, ayni damda Suriyadagi qochqinlar lagerlarida bir necha yil muqaddam “Islom Davlati” guruhiga kirib qolgan jangarilarning oila a’zolari bo‘lmish kamida 575 nafar ayol va bolalar bor.

Tojikiston hukumatidagi manbaning aytishicha, ulardagi ma’lumotlarga qaraganda ko‘pchilik tojikistonliklar Xasakiya viloyatidagi “Al-Xol” lagerida ushlab turilibdi.

“Ularning taxminan 90 nafari xotinlar, 200dan ortig‘i qizlar va 240dan ortig‘i bolalardir. Bolalar 1 yoshdan 17 yoshgacha. Ko‘pchilik bolalar g‘irt yetim. Bu yakuniy statistika emas, aslida u yerdagi Tojikiston fuqarolari bundan-da ko‘p bo‘lishi mumkin”, deydi Tojikiston hukumatining xodimi.

Uning aytishicha, lagerga tojik xotin-qizlari va bolalari IShID jangarilarining qochqindagi oila a’zolari bilan birgalikda Bagus mintaqasi ozod qilinganidan keyin yil davomida olib kelingan. Umumiy hisobda qochqinlarning“Al-Xol” lagerida kamida 70 ming kishi ushlab turilibdi, ularning taxminan 10 mingi xorijliklar, jumladan Tojikiston fuqarolaridir.

Shu yilning bahorida otalari o‘ldirilgan yoki bedarak yo‘qolgan, onalari uzoq muddatli qamoqqa hukm qilingan 84 nafar bolani Iroqdan olib kelgan Tojikiston hukumati Suriyadan Tojikiston fuqarolarini ekstraditsiya jarayoni ustida ish olib borayotganliklarini aytmoqda. Ammo hukumat vakillarining aytishlaricha, bu kategoriyadagi fuqarolarning repatriatsiya talablari hozircha belgilanmagan. Bir vaqtlar IShID nazoratida ostida bo‘lgan hududlardan fuqarolarni qaytarish dasturini hayotga tatbiq etish uchun hukumat ikki davlat darajasidagi ma’lum bir hujjatlarni imzolashi kerak.

Tojikiston diplomatiyasining vakillari bundan avvalroq Tojikistonlik xotin-qizlar va bolalar ushlab turilgan Suriyadagi qochqinlar lageriga borganliklarini ma’lum qilishar ekan, bu lagerlarda qochqinlarning yashash sharoiti juda ham yomon ekanini tasdiqladilar.

563
O‘zA